Konfutsiy hikmatlari (2)





1.1Ustod aytibdir:— Muttasil o‘qib, kamolga intilmoq shavqigaNima yetsin?Olisdan so‘rab kelgan do‘st yuziga tushmish ko‘z zavqigaNima yetsin?Birovga mashhur bo‘lmaganidan majhul bo‘lmagan erHimmat egasi emasmi?1.3Ustodning so‘zikim:— Bejama so‘z, chiroyli yuzdanHimmat ko‘nglini uzgan.1.16Ustod aytibdir;— Odamlar seni bilmasligini qo‘y,O‘zing birovni bilmasligingdan kuy.2.7Szin so‘rabdiki:— Hozirda farzandlik farzi bu —Tuqqaningni to‘yg‘izmoq tarzi…Ammo, ot ham, it ham qo‘ldan yeydi;Farzandlik farzining farqi nimaki,Himmat kilib, hurmat qilmasa?!2.11Ustod ta’biricha:— Eskini e’zozlab, yangiga yetgan, —Ilmda muallim o‘rniga o‘tgan.2.15 Ustod aytibdirki:— Mushohadasiz mutolaa — puch!Mutolaasiz mushohada — yovuz kuch!2.17Ustod debdir:— Yu!Senga bilim o‘rgataymi? Kel,Nimaniki bilsang, bilaman, deb bil,Bilmagan narsangni bilmayman, degil;Bilim — ayni tildan olingan hosil!2.12Oygun hokimi so‘rabdir:— Elni itoatda saqlash sirini aytsang?Ustod javob aylabdir:— To‘g‘rini ko‘tarib, o‘g‘rini sursang,El bo‘ysunadi;Yo‘g‘-a,O‘g‘rini ko‘tarib, to‘g‘rini sursang,Eldan isyon unadi!..2.23Szichjan so‘rabdir:— Yana o‘n pusht o‘tgach, zamonning nima kechishini bilib bo‘larmikin?Ustod shunday javob aylabdir:— In sulolasi Sya sulolasi rasmiga suyandi,Nimani chiqarib, nimani ko‘shganligi o‘zingga ravshan.Chjou sulolasi In sulolasi rasmiga suyandi,Nimani chiqarib, nimani qo‘shganligi o‘zingga ravshan.Chjou sulolasidan keyin kelajakYuzlab nasllar faslini ham bilsa bo‘ladi.3.15Ustod, ulug‘ bir ibodatxonaga kirib, ko‘zi tushgan narsani surishtiraverdi.Kimdir kinoya qildi:— Szoulikning o‘g‘li udumni biladi, degan bekor aytibdi.U ibodatxonada har bir ikir-chikirni surishtirdi.Bu gap qulog‘iga yetgan Ustod aytibdir:— Udum ushbudir!3.20Ustod sharhlabdirkim:«Kelin kutish» qo‘shig‘iSho‘x bo‘lib, shodlik ulashmaydi;Qayg‘uli-yu,ko‘ngilga mung ilashmaydi.4.10Ustod aytibdir:— Ota-onangni tirik kuydirib, bedarak ketma;Ketsang…Manzil tut, muqim tur, nazardan yitma!5.5Birov aytibdiki:— Yun himmati baland odam,Ajabki gapga usta emas.Ustod debdir:— Bejama gapdan nima naf?!Kishidan tulkitillilikni tilash —Ko‘ngil uyida g‘ayirlik uyg‘otishdir.Himmati balandni bilmadim, ammo,Tili yog‘lidan dilim dog‘li!6.20Ustod aytibdir:— Oqil oshiqni na bilsin?Oshiq vosilni na bilsin?!6.22Fan Chi: — Bilim nima, deb so‘radi.Ustod shunday javob berdi:— Xalq yo‘lida haqni tiklash,Insu jinsning hurmatini qilib, xizmatiga kirmaslik, —Bilimdan muddao shul!Fan Chi yana:— Himmat nima, deb so‘radi.Ustod shunday javob berdi:— Himmatning qiymati — zahmatdir,Rahmat yog‘ishi — oqibat;Himmatdan maqsad shul!6.24Szay Vo so‘radi:— Himmatliga, quduqqa odam tushdi, desa, ketidan tushsinmi?Ustod shunday javob berdi:— Nega tushsin? Quduq boshiga borsa kifoya.Himmatli adashadi,Ammo, uni aldasholmaydi!7.1Ustod aytibdir:— Men yaratuvchi emas, davomchiman,O‘tmishni astoydil suyaman.Laopin*ga tenglashishdan o‘zimni qanday tiyaman?!7.2Ustodning so‘zikim:— So‘ngsiz o‘yga botib, yoddan toymaslik,O‘qib to‘ymaslik,Boshqalarni yo‘lga boshqarishni qo‘ymaslik, —E voh, bu xislatdan uzlatdaman, egam!…7.3Ustod debdir:— Yaxshilar do‘st bo‘lmasa,O‘qishni xushlamasa, burch yo‘lin ushlamasa,Qusurni rustlamasa, —Anga azador boshim!..7.7Ustod ahdda aytibdir:— Ta’limimdan birov olim bo‘ldi deb, aytmayman.Ammo, halim bo‘lsin deb,Bir parcha go‘shtni keltirishsa hamTa’lim berishdan qaytmayman!7.8Ustod so‘zidirkim:— Kuymaganning ko‘zini ochma,Hayratsizga o‘qish hayf!Bitta burjni o‘lchab,Qolgan uchtasidan mujda topmagangaBo‘lishma!..7.20Ustod debdir:— Bilimni ona qornidan olib tushmaganman;O‘tmish qonimda-yu, o‘qishdan to‘xtamasman!7.22Ustod aytibdir:— Har uch o‘tkinchidan biri menga pirdir;To‘g‘ridan qo‘l olaman.Bukridan bukilmaslikni o‘rganaman.Egridan uyalaman.7.26Ustod aytibdir:— Odamning avliyosini uchratmadim;Bir himmat egasini ko‘rganda hamMuncha kuymasdim…Kulfatni ulfat bilib,AtayinYo‘qni bor, borni yo‘k qilsak, —Tayin qolmasligi tayin!8.9Ustod aytibdir:— Elni kuch bilan itoatga ko‘ndirsang ham,Kuch bilan ilm otiga mindirolmaysan!8.10Ustod aytibdir:— Qashshoq o‘ktam kelsa,Qulga o‘t tekkani shul!Eldan himmat ketsa,Yurtga o‘t ketgani shul!8.17Ustod debdir:— Yo‘lga kirolmasliging,Jilov tutolmasligingni bilsang,—Joningga o‘qish ora kiradi!9.9Ustod debdir:— Ko‘kdan uzilsa ko‘ngil,Suvdan kutmasam ko‘klik,—O‘lganim o‘shal kundir!9.14Ustod yovvoyilar orasiga borib yashashni ixtiyor etdi.Birov aytdiki:— Bunga yo‘l qo‘ymaymiz! Ular yomon odamlar!Ustod shunday debdir:— Bu qanday gap?O‘zing yaxshi bo‘lsang, yomon nima qilsin?9.29Ustodning aytishicha:— Bilgan ikkilanmas,Himmatli o‘pkalamas,O‘ktam o‘mganlamas!10.1Ona qishlog‘iga yo‘li tushsa Konfutsiy…Anqovu soqov bo‘lar edi!11.12Szi Lu ruhu arvohni rozi qilishdan so‘z ochdi.Ustod aytdiki:— Odamga yordam qilmagan,Arvohga nima qilasan?Anda so‘radi:— O‘limni bilsak bo‘ladimi?Ustod aytdi:— Tirikni bilmagan,O‘likni nima bilasan?! ,11.16Szigun so‘radi:— Shin oqilmi, Shan?Ustod aytdi:— Shi chetlab o‘tadi, Shan yetmay qoladi.Szigun yana so‘radi:— Unda, Shi yaxshi ekan-da?Ustod aytdi:— Chetlagan, yetmagandan yaqin emishmi?!11.20Szichjan, yaxshining yo‘li qanday, deb so‘radi.Ustod javob qildi:— Yurgan yo‘ldan yurmaydi,Oromgohni ko‘rmaydi!12.3Sima Nyu odillikdan so‘radi.Ustod aytdi:— Odilning tili og‘ir aylanadi.Shogird kaytarib so‘radi:— Qiynalib gapirgan odilga o‘tadimi?Ustod aytdi:— Qiyin ishda o‘yin ketmaydi!12.7Szigun davlatning davomiyligidan so‘radi.Ustod aytdi:— Oshing osha-tosha,Lashkar mo‘l bo‘lib,Eling e’tiqod qo‘ysa,—Hukming muqimdir.Szigun so‘radi:Zarurat talab kilsa,Bularning qay biridan kechay?— Askardan kech! — dedi Ustod.Szigun yana so‘radi:— Boz zarurat talabi bilan,Qolganlardan qay birining bahridan o‘tay?Ustod javob berdi:— Tomoqning bahridin o‘t!O‘lim-qu, bor gap!Ammo,Elning nazaridan qolsang,Davlating bo‘lg‘ay barbod!..12.17Szi Kantszi* davlat yuritishdan so‘radi.Ustod aytdiki:— Davlatni yuritish —Illatni quritishdir.O‘zingki, tozasan,O‘zgani qutqazasan!09812.18O‘g‘rilar jonidan to‘ydirgan Szi Kantszi Konfutsiydan maslahat so‘radi.Ustod aytdiki:—O‘zing tug‘dirmasang,O‘g‘rilik go‘rda tug‘sinmi?!12.19Szi Kantszi Konfutsiydan davlat idorasini mustahkam tutishning yo‘lini so‘radi:—Yo‘lni qo‘ldan qo‘ymaymiz desak,Yo‘ldan ozganni ossak bo‘lmasmi?Ustod aytdi:—Hukmdor bo‘lsang,Davlatni dorsiz idora qil; himmatga intil, iyarganni el bil;Hukmdor himmati — elkin; elniki maysa,Maysa epkinga egiladi!12.21Fan Chi Ustod hamrohligidaYomg‘ir mehrobini tavof etayotib, aytdiki:— Izn bersang, baland himmat, illatdan poklanish,Adashganni aniqlashdan so‘rasam?Ustod javob berdi:— Yaxshi so‘rading.Xirmonni o‘ylamay,Mehnatdan tinmaganHimmati baland emasmi?!Boshqaga lat bermay,Ichingdagi illatga o‘t ochmoqAyni poklanish emasmi?!Oniy bir asabdan g‘azabing zabtiga olsa,Adashmoq shu emasmi?!12.22Fan Chi himmatdan so‘radi.Ustod aytdiki:—Bu o‘zni ko‘yib, o‘zgani suymoqdir!Fan Chi yana bilimdan so‘radi.Ustod aytdiki:— O‘zingni ham o‘zgani ham bilmoqdir. (…)13.9Vey xonligidan o‘tayotganlarida, foytun jilovi Jan Yu qo‘lida edi.Ustod odamning ko‘pligidan hayratga keldi:— O‘h-o‘, bu xalqning ko‘pligini!Jan Yu so‘radi:—Ko‘paygan ekan, xalqning haqiga nima qilish kerak?—Boyitish kerak! — dedi Ustod.— Boyidi ham deylik, yana nima qoladi?— O‘qitish kerak! — dedi Ustod.13.12Ustod aytibdir:— Hokimi hak topilsa,Bir pusht o‘tmay, mutloq poklar tug‘iladi!13.27Ustod so‘zidirkim:— Qat’iyatli,Hamiyatli,Kamgap bilanHamgap bo‘lsang,Hamdard topdim, deyaver!!4.29Szigun odamga baho berishni xush ko‘radi.Ustod aytdikim:— Bu ish aqldan emas!Har kim o‘rnida aziz,Birov-birovdan kam emas!14.30Ustoz aytibdir:— Birov bilmaganiga emas,Qo‘limdan kelmaganiga kuyaman!..14.34Birov so‘rabdir:— Yomonlikka yaxshilik qaytarsa,Qanday bo‘larkin?Ustod aytibdir:—Unda, yaxshilikning haqi nima?Yomonga g‘ayirlik qilma,Xayrning haqi xayrdir!14.41Ustod so‘zidirkim:— Udumni bilgan, ulusni biladi!14.42Szigun komillik yo‘lini so‘radi. Ustod aytdi:— Himmatli bo‘l, hurmat qil!Szigun taajjub-la so‘radi:— Shu xalosmi?Ustod aytdi:— Ilmga intil, ergashtir!Szigun yana so‘radi:— Kifoyami?Ustod aytdi:— Ranj tort, elni tinchlantir!..15.3Ustod so‘radi:— Si! Meni ko‘p o‘qiydi, qo‘p biladi, deysan-da?Si aytdi:—Esa-chi?Ustod dedi:— Holbuki, men faqat bir narsani — Haqni bilaman!15.13Ustod aytibdir:— Himmatni sumbatdanQimmat bilganni topmadim.Tamom! Bor umidim puchga chiqdi!..Xo‘sh endi, hayotim?!.15.22Ustod aytibdir:— Hamiyatli er qat’iyatli keladi.Birovning yuzini yulmaydi,Nomard bilan osh-qatiq ham bo‘lmaydi!..15.27Ustod debdirkim:— Gapni ko‘p qalashtirma,Donishmandni shoshirolmaysan.Ikir-chikirni aralashtirmay,Katta ishni amalga oshirolmaysan!15.32Ustod aytibdir:— Yo‘lni to‘g‘ri tutsang, to‘q tutadi;Yeyishning payiga tushsang,Yo‘q etadi…16.1Ustod aytibdir:— Boylik to‘g‘ri taqsimlansa,Kambag‘al qaydan bo‘lsin?!Boshi qovushgan el nega kam bo‘lsin?!Yuqori-quyi tabaqa hamoqat bo‘lsa,Taxtni kim to‘ntarsin?!16.8Ustod so‘zidirkim:— Komil kishi uch narsadan tashvish tortadi:Xudoning xohishi,Avliyoning koyishi,Ulug‘larning toyishidan!..16.10Ustod so‘zicha, himmat egasi to‘qqiz sifatni orzu qiladi:— Ko‘zi o‘tkir, qumquloq bo‘lsa, yuzi kulib tursa,harakatida barakat, ishi pishiq, lafzi toza bo‘lsa,ikkilanganda so‘rashdan iymanmasa,qahri qo‘ziganda oqibatini o‘ylasa,ko‘nglida adolat oftobi bo‘lsa,paytida foydani bilsa…17.12Ustod aytibdir:— Kelbati bo‘lib,Jur’ati bo‘lmagan kishi —O‘rgimchak uya ko‘yganDevorning tirqishi!17.14Ustod aytibdir:— Ko‘cha gapiga kuch berganningMiyasi puch keladi!..17.21Ustod debdirkim:— Bitta qorin g‘ami bilanQunni kech qilmoq og‘ir.Hammaning ko‘ngli shu bo‘lsa,Dunyo oxir bo‘pti, oxir!17.24Ustodning aytishicha:—Xotin-xalaj bilan ishlash qiyin —Yaqinlashsang, quloq osmay ko‘yadi;Uzoq tursang, odamoviga yo‘yadi…20.3Ustod aytibdir:— Odamning so‘zini bilmay,O‘zini bilolmaysan.Rusumini bilmay,El orasiga kirolmaysan!_______________* Laopin — afsonaviy kohin.* Szi Kantszi — Konfutsiyning shogirdlaridan, davlat amaldori.Rus tilidan Sa’dulla Ahmad o‘girmasi


Uzpedia.uz