Konform akslantirish




Konform akslantirish (lot. conformis — oʻxshash) — bir sohani (sirtning bir boʻlagini yoki fazoning bir qismini) ikkinchi sohaga shunday oʻzaro bir qiymatli akslantirishki, bunda birinchi sohaning soha chegarasida yotmaydigan uchi biror a burchak ostida kesishuvi ixtiyoriy (har qanday) ikkita chizigʻi ikkinchi sohaning (obrazning) shu a burchak ostida kesishuvchi ikkita chizigʻiga oʻtadi. Bunda cheksiz kichik figuralar oʻzlariga oʻx-shash cheksiz kichik figuralarga almashinadi. Konform akslantirishdan haritagrafiyada shar sirti bir qismini tekislikka tasvirlashda qadimdan foydalanib kelinadi. Konform akslantirish borasidagi taʼlimot (kompleks oʻzgaruvchili funksiyalar nazariyasining boʻlimlaridan biri) gidrodinamika va aeromexaniqa, elastiklik nazariyasi va boshqa sohalarda keng qoʻllaniladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz