KONFET DARAXTI



KONFET DARAXTI, goveniya (Hovenia dulcis) — chilonjiydadoshlar (itjumrutdoshlar) oilasiga mansub mevali daraxt. Koreya, Xitoy, Yaponiyada yovvoyi holda o’sadi va ekiladi. Etli meva bandi shirinlik sifatida iste’mol qilinadi va konditer sanoatida qo’llaniladi: meva bandida 20-23%, qurug’ida 47,8% gacha qand bor. Guli serasal. Yog’ochi mebel va muzika asboblari tayyorlashda ishlatiladi. Konfet daraxti Qrim, Kavkaz va O’rta Osiyoda o’stiriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz