Koʻndalang–targʻil mushak tolalari
Koʻndalang-targʻil mushak tolalari — tolalardan iborat boʻlib, ularning uzunligi bir necha santimetrgacha (12,5 sm), diametri 100 mikrometrgacha yetishi mumkin. Shu sababli koʻndalang-targʻil mushak tolalari simplastik tuzilmalar deb ataladi. Ular skelet mushaklarini, ovqat hazm qilish traktining baʼzi aʼzolari (til, tanglay, qizilo`ngachning bir qismi) mushaklarini, ko'z mushaklarini, mimika va nafas olish mushaklari tarkibida boʻladi. Yurakning oʻrta mushak qavati boʻlgan miokard koʻndalang-targil mushak toʻqimasining maxsus turi hisoblanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org