Ko‘ndalang yo‘lli bo‘ritish ilon




Ko‘ndalang yo‘lli bo‘ritish ilon ( lotincha: Lycodon striatus) — suvilonlar oilaga mansub ilonlar turi.

Tavsif



Tana uzunligi 45 sm. Boshi bo‘yniga qaraganda zaif ifodalangan. tumshug‘i biroz siqilgan va uning uchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yumaloqlangan. Bu ilon turi qovurg‘asiz, tanchalari silliq, terisi silliq yaltillab turadi. Tanasining yuqori qismi qora yoki to‘q jigarrang.

Tarqalishi



Shri-Lanka orolida, Hindiston, Nepal, Pokiston, Afg‘oniston, Sharqiy va shimoli-sharqiy Eronda, Turkmaniston janubida, O‘zbekiston va Tojikistonning g‘arbiy qismida yashaydi.

Hayot tarzi



Dengiz sathidan 1800 m balandlikda joylashgan Sariq tuproqli va toshli qir-adirlar, siyrak yarimcho‘l o‘simliklari bilan qoplangan past tog‘larda uchratish mumkin.

Juda yashirin hayot kechiradi. Oqshom va tunlari faol harakatda bo‘ladi. Issiq taftini yoqtiruvchi ilon turi, bahorda u kaltakesak va ilonlarning boshqa turlariga qaraganda kechroq qishlashdan keyin paydo bo‘ladi. Kunduzi u tuproqdagi yoriqlar, kemiruvchilarning chuqurlari va toshlar ostida yashirinadi. Mayda kaltakesaklar bilan oziqlanadi.

Bu tuxum qo‘yuvchi ilon. Juftlash may oyida sodir bo‘ladi. Urg‘ochisi iyun oyining oxirida — iyulda 9—10 x 26—31 mm o‘lchamdagi 2—5 ta cho‘zinchoq oq tuxum qo‘yadi.

Kichik turlari



3 xil kichik turda shakllandi:

Soni



Barcha joyda kam sonli: O‘zbekistonda sanoqli topilmalar orqali ma’lum.

Himoya choralari



Surxon, Kitob va Nurota qo‘riqxonalarida muhofaza omtiga olingan. O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Fotosurat




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz