KO’NCHIDARYO



KO’NCHIDARYO — Xitoyning g’arbiy qismidagi Daryo. Sintszyanda, Bag’roshko’ldan oqib chiqadi. Yuqori qismida Tyanshan tog’larining Sharqiy tarmoqlarini kesib o’tib, Qashqar tekisligining shimoliy-Sharqiy chekkasidan oqadi. Uzunligi 550 kilometr, havzasining maydoni 184,4 ming kilometr kvadrat. Suv rejimi yil davomida bir me’yorda. Tekislik qismidagi o’zani juda murakkab bo’lib, shoxobchalar bilan tutashgan. Ularda suv oqimining yo’nalishi o’zgarib turadi. Ko’nchidaryo suvi ba’zi yillarda Lobnor ko’liga, ba’zan esa tarim daryosiga quyiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz