Kwon Mina




Kwon Mina (1993-yil 21-sentyabrda tugʻilgan), Mina nomi bilan mashhur, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U „AOA“ qizlar guruhining sobiq aʼzosi sifatida tanilgan. Kwon „Modern Fermer“ (2014) va „All About My Mom“ (2015) kabi teledramalarda rol ijro etgan.

Faoliyati



2012-yil 30-iyulda Kwon „Mnet“ning „M Countdown“ dasturida „AOA“ aʼzosi sifatida oʻzining „Angels' Story“ ilk albomidagi „Elvis“ qoʻshigʻi bilan debyut qilgan. U, shuningdek, 2013-yilda tashkil etilgan „AOA Black“ guruhining bir qismi edi. 2014-yil 29-noyabrda otasining vafoti munosabati bilan Kwon faoliyatidan biroz dam olgan va guruhning „Like a Cat“ mini-albomida qatnashmagan.

2013-yilda Kwon "KBS2"ning „Adolescence Medley“ dremasi bilan aktrisa sifatida debyut qilgan, filmda u Yun Jin-Yong rolini ijro etgan. 2014-yil fevral oyida u „KBS“ telekanalining „Wonferful days“ dramasida Cha Xe Vonning yoshligi obrazida suratga tushgan. Kwon oʻzining birinchi bosh rolini 2014-yil oktyabrdan dekabrgacha boʻlgan „SBS“ kanalida hafta oxirida efirga uzatiluvchi „Modern Fermer“ dramasida rol ijro etgan.

2015-yilning 26-fevralida Kwon yakkaxon xonanda Shadening „Bad“ qoʻshigʻi klipida paydo boʻlgan. May oyida Kwon „Y-Star“ning „Gourmet Road“ estrada shousida boshlovchi sifatida debyut qilgan. Avgust oyida u 2-sentyabrdan boshlab „Apink“ guruhining aʼzosi Hayoung va „VIXX“ning aʼzosi N bilan "Weekly Idol" dasturida birga olib boruvchilikka tayinlangan. 9-sentyabr kuni Kwon va Nam Joo- hyuk yakkaxon xonanda Kangnamning „Chocolate“ qoʻshigʻiga ishlangan klipda suratga tushishgan. 5-dekabr kuni u 33-qismdan boshlab „KBS“ kanalida hafta oxirida efirga uzatiluvchi „All About My Mom“ dramasining aktyorlar tarkibiga qoʻshilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz