Kwon Chhan-Hun
Kwon Chhan-Hun (1994-yil 30-iyunda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik professional futbolchi, Gimcheon Sangmu va Janubiy Koreya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Yoshlik yillari
Kwon futbol o‘ynashni Seuldagi YangJeon boshlang‘ich maktabida o‘qiyotganda boshlagan. U Joongdong oʻrta maktabini tamomlagandan soʻng, Suwon Samsung Bluewingsning 18 yoshgacha boʻlgan jamoasiga qoʻshilish uchun Maetan oʻrta maktabiga borgan.
Klubdagi faoliyati
Suwon Samsung Bluewings
Suwon Samsung Bluewings Kwonni 2012-yilgi K ligasi uchun sotib olgan. U 2013-yil 3-aprel kuni Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida Kashiva Reysolga qarshi o‘yinda 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushib debyut oʻyinini oʻtkazgan. Kwon K Ligadagi debyutini 6-aprel kuni Daegu FCga qarshi oʻtkazgan va 25-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. U 2015 va 2016-yillarda Suvonda oʻynab K League 1 Best XI jamoasi uchun tanlangan. Kwon K ligasida eng yaxshi yarim himoyachilardan biri sifatida oʻzini koʻrsatgach Fransiyaning Liga 1 klubiga oʻtgan.
Dijon
2017-yilning yanvarida Kwon 3,5 yillik shartnoma asosida „Dijon“ga oʻtgan. Suwonga toʻlangan transfer narxi 1,5 million yevro boʻlgan. 2017-18-yilgi mavsum Liga 1da Kwon tezda oʻzini „Dijon“ning eng yaxshi futbolchisi sifatida koʻrsatgan va 34 liga oʻyinida 11 gol urgan. Shu tariqa Kwon „Dijon“ning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Biroq, u soʻnggi liga oʻyinida Axilles payini shikastlab olgan va shundan beri oʻzining avvalgi oʻyinini koʻrsata olmagan.
SC Freiburg
2019-yil 28-iyun kuni Kwon 2019-20-yilgi mavsumda Bundesliganing „Freiburg“ jamoasiga qo‘shilgan.
Xalqaro faoliyati
Kwon 2012-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtgan 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati uchun Janubiy Koreyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga kiritilgan. OFK chempionligini qoʻlga kiritgach, Kwon 2013-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatiga 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoaga chaqirilgan.
Kwon 2015-yilgi Sharqiy Osiyo kubogi uchun kattalar terma jamoasiga chaqirilgan. U xalqaro maydondagi debyutini Sharqiy Osiyo kubogi doirasida Xitoyga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. 2015-yil 3-sentyabr kuni Xvason stadionida u o‘zining birinchi katta gollarini 2018-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga saralashning ikkinchi bosqichida Laos darvozasiga kiritgan.
Kwon 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan va Meksika ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda, chorak finalga chiqish uchun muhim golni urgan.
Kwon Janubiy Koreya terma jamoasining 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun dastlabki 28 nafar futbolchidan iborat tarkibidan joy olgan. Biroq, 2017-18-yilgi Fransiya mavsumining soʻnggi oʻyinida Kwon Axilles payidan olgan jarohati tufayli Jahon chempionatida ishtirok eta olmagan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlar
Suwon Samsung Bluewings Janubiy Koreya U20 Janubiy Koreya U23 Janubiy Koreya Shahsiy yutuqlari Manbalar
uz.wikipedia.org