Komsomol tumani
Komsomol tumani — 1939—1959-yillarda mavjud boʻlgan Samarqand viloyatidagi maʼmuriy birlik.
Tarixi
Komsomol tumani 1939-yil 10-fevralda Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi 11 ta qishloq sovetidan tashkil qilingan boʻlib, markazi Ravonak qishlogʻi. 1948-yil 1-oktyabr maʼlumotlariga koʻra, tuman 11 ta qishloq kengashlari: Adas, Bogʻizagʻon, Jumabozor, Elpak, Kulbogʻoyon, Payshanbasiyob, Ravot, Sochakbiolo, Tayloq, Oʻrtaqishloq, Yangiyoʻlni oʻz ichiga olgan. 1959-yil 2-martda tuman tugatilib, uning hududi Samarqand tumaniga oʻtkazilgan.
Aholisi
1939-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotiga koʻra, tumanda 41 792 kishi istiqomat qilgan, shundan oʻzbeklar 70,8%, tojiklar 22,4%, ruslar 1,9%, eroniylar 1,9% ni tashkil qilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org