Kompleks I




Kompleks I , NADH degidrogenazasi yoki NADH-ubixinon-oksireduktazasi - mitoxondriyaning elektron transport zanjirining birinchi multioqsil kompleksi. NADH degidrogenazasi mitoxondriyaning ichki membranasida joylashgan bo'ladi. Prokariotlarda I komleks 14 oqsildan tashkil topgan (ulardan yettitasi membrana ichida joylashgan), odamda (Homo sapiens) NADH degidrogenazasi 44 oqsildan iborat, Yarrowia lipolytica qoziqorinida esa 48ta oqsildan tashkil topgan. Eukariotlarda ham prokariotlarda ham kom;eksning 7ta oqsili membrana ichida joylashgan, eukariotlarda membrananing tashqarisida joylashgan subbirlik o'zgarishga uchragan.

Reaksiya




NADH degidrogenazasi Krebs siklida hosil bo'lgan NADHni oksidlaydi. Bu reaksiyada hosil bo'lgan elektronlar membrananing transport oqsili ubixinon Qni qaytarishda ishlatiladi. Ubixinon Q elektronlarni keyingi kompleks III ga tashiydi va sitoxrom c ning hosil bo'lishida ishtirok etadi.

NADH degidrogenazasi protonlar nasosi kabi ishlaydi, har birta NADH oksidlanganda mitoxondriyaning membranalar aro boshligiga to'rta proton o'tkaziladi.

NADH + H + Q + 4H → NAD + QH + 4H

Reaksiya jarayonida hosil bo'lgan elektrokimyoviy potentsial ATF-sintaza ishtirogida ATF hosil qilishda ishlatiladi.

Elektron transport mexanizmi



NADH → FMN → N3 → N1b → N4 → N5 → N6a → N6b → N2 → Ubixinon Q

NADH degidrogenazasiga kelgan NADH molekulalari o'zlarining elektronlarini FMNga (Flavinmononukleotid) beradi. FMNdan elektronlar bosqichma bosqich temir-oltingugurt (N3 → N1b → N4 → N5 → N6a → N6b → N2) komplekslaridan (kamida 5ta) o'tadi. Temir-oltingugurt komlekslaridan (temor-oltingugurt kaskadi) elektronlar Ubixinon Q ga kelib uni qaytarishadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Online TAKLIFNOMA yarating. Telegram bot orqali


Uzpedia.uz