Komoro (Nagano)




Komoro (yaponcha: 小諸市 Komoro-shi?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-mart holatiga koʻra, shaharda 18776 ta xonadonda 42 489 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 430 kishidan toʻgʻri keladi. Uning umumiy maydoni 98,55 kvadrat kilometr (38,05 mi²) ga teng.

Geografiyasi



Komoro sharqiy Nagano prefekturasi hududida joylashgan. Chikuma daryosi shaharning janubiy va gʻarbiy qismidan oqib oʻtadi. Baʼzi soʻngan vulqon togʻlari Komoro va qoʻshni Tsumagoi shahri oʻrtasida qad rostlagan. Komoroning eng baland nuqtasi Kurofu togʻi (ja) hisoblanadi. Uning choʻqqisi dengiz sathidan 2,404 metr (7,887 ft) balandlikda joylashgan. Eng past nuqtasi esa dengiz sathidan 540 metr (1,770 ft) baladlikka ega. Eski shahar markazi taxminan 700 metr (2,300 ft) balandlikda oʻrnashgan. Togʻ yonbagʻirlari koʻp, shuning uchun Komoro „tepalikli shahar“ nomi bilan ham mashhur.

Atrofdagi munitsipalitetlar




Iqlimi



Komoro dengizdan uzoqda va togʻlar bilan oʻralgan hududda joylashgan, shuning uchun yogʻingarchilik kamroq va kunlik harorat oraligʻi Yaponiyaning koʻp joylariga qaraganda yuqoriroq hamda Komoroning oʻrtacha yillik harorati baland boʻlganligi sababli havo nisbatan iliqroq boʻladi. Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Komoroda oʻrtacha yillik harorat 10,8 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1108 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,9 °C, eng past harorati esa yanvarda, −1,7 °C atrofida boʻladi.

Tarixi



Tarixiy Komoro



Hozirgi Komoro hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Milliy marshrutlardan biri boʻlgan Tosandō Komorodan oʻtgan, u Umaya (ján) yoki hukumat amaldorlari va armiya uchun pochta stansiyasi joylashgan. Biroq, „Komoro“ nomi yozma tarixda birinchi marta Kamakura davri xronikasi Azuma Kagamida uchraydi. Shu kunlarda syogunat tomonidan hududni boshqarish uchun tayinlangan gokenin Komoro Taro Mitsukan Muromachi davrida mintaqa Ogasavara Oi sulolasining nazorati ostiga oʻtgan. Sengoku davrida hudud juda notinch tarixga ega boʻlgan. Edo davrida hududning katta qismi Tokugava syogunatiga qarashli Komoro domenining nazorati ostida boʻlgan va shahar Komoro qal’asi atrofida jokamachiga aylantirilgan.

Meiji davri va undan keyin



Zamonaviy Komoro shahri 1889-yil 1-aprelda Meiji davri munitsipalitetlari tizimining tashkil etilishi bilan bunyod etilgan. Komoro shahri 1954-yil 1-fevralda Kavabe, Kitaoi va Osato qishloqlarini (barchasi Kitasaku tumanidan) oʻziga qoʻshib oldi. Komoro shahri 1954-yil 1-aprelda Minamioi va Mitsuoka qishloqlarini (ikkalasi ham Kitasaku tumanidan) oʻzlashtirgandan soʻng tashkil etilgan. 1959-yil 1-aprelda Tobu shahrining bir qismi (hozirgi Tomi shahrining bir qismi) Komoroga birlashtirildi va shu vaqtdan buyon shahar hududi oʻzgartilmadi.

Demografiyasi



Yaponiyaning aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Komoro aholisi soni 2000-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqqan va shundan beri bir oz kamaygan.

Hukumat



Komoro shahrida toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 19 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakli mavjud.

Iqtisodiyoti



Komoro mintaqaviy savdo markazi boʻlib, asosan guruch, sabzavot va meva yetishtirishga asoslangan qishloq xoʻjaligiga tarmogʻiga ega. Komoroda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari orasidan kartoshka, soba, olma va shaftoli kabilar ayniqsa mashhur. Komoroda koʻplab soba restoranlari va olma bogʻlari bor, shuning uchun u yerga Shutokendan koʻplab mehmonlar tashrif buyurishadi. Komoro, shuningdek, ham bilan mashhur.

Taʼlim tizimi



Komoroda oltita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi ham mavjud.

Transporti



Temir yoʻl




Magistral yoʻl




Qardosh shahar munosabatlari



Komoro bilan birodarlashgan shaharlar : 

Mahalliy diqqatga sazovor joylar




Taniqli shaxslar




Galereya




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz