Kommutatsiya




Kommutatsiya (lotincha: commutatio — oʻzgartirish) — 1) elektr zanjirlari va ularning qismlarida simlar, kabellar, mashinalar, transformatorlar, apparatlar va asboblarni maxsus qurilmalar yordamida almashlab ulash. Elektr zanjiridagi tok yoʻnalishini kalitlar, kontaktorlar, rele va boshqa qurilmalar oʻzgartiradi; 2) hisoblash mashinalarini har bir yangi masalani yechish uchun qayta sozlash; 3) elektr stansiya va kichik stansiyalarning toʻgʻri va uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun mashina, transformator, akkumulyatorlar batareyasi, apparatlar (uzgich-ulagich, muhofaza relelari, oʻlchash transformatorlari va boshqalar)ni elektrga ulash.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz