Komi-permyaklar muxtor okrugi




Komi-permyaklar muxtor okrugi — Rossiya Federatsiyasida eng birinchi tuzilgan muxtor okrug, Perm viloyati tarkibida. 1925-yil 26-fevralda tashqil qilingan. Maydoni 32,9 ming km². Aholisi 151,6 ming kishi (2000). Shundan shahar aholisi 28% ni tashqil etadi. Asosan, komi-permyaklar, ruslar, shuningdek, boshqa millat vakillari ham yashaydi. Okrugda 1 shahar (Kudimkar), 3 shaharcha bor. Markazi Kudimkar shahri Uraloldi hududida, Kama daryosining yuqori oqimida joylashgan. Yer yuzasi past-baland tekislik, shim.da Shim.

Uvallar, gʻarbida Yuqori Kama qirlari bor. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —15° dan —17° gacha, iyulniki 17—18°. Yillik yogʻin miqdori 500 mm. Hududining 80% oʻrmon. Oʻrmon va yogʻochsozlik, oʻrmon kimyosi, metallsozlik, oziq-ovqat, yengil sanoati rivojlangan. Qishloq xoʻjaligi goʻsht-sut chorvachiligi va gʻallachilikka ixtisoslashgan. Qora bugʻdoy, suli, bahorikor bugʻdoy ekiladi. Moʻynali hayvonlar ovlanadi. Kama daryosida kemalar qatnaydi. Teatr, muzey bor.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz