KOMI-PERMYAK TILI – komi permyaklar tili. Fin-ugor tillarining Pers guruhiga mansub. Unda 116 mingdan ortiq kishi gaplashadi (1979 yildagi aholi ro’yxati bo’yicha). Komi-permyak tili komi tiliga yaqin. Asosiy belgilari: unli va undosh tovushlarning qo’shilishidan qochish, tovushlarga qo’shni tovushlarning ta’siri kam bo’ladi. Otga son va kelishik kategoriyalari xos. Yozuvi 14-asrda paydo bo’lgan. Adabiy tili hozirgi zamonga kelib uzil-kesil shakllandi. Yozuvi rus alifbosi asosida.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish