Komiljonov Rahim




Rahim Komiljonov (1926.5.5, Buxoro) — dirijyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). Toshkent konservatoriyasining xor dirijyorligi fakultetini tugatgan (1947). Buxoro teatrida dirijyor (1947—51), Samarqand (1951 — 63), Surxondaryo (1963-68), Qashqadaryo (1968-88) musiqali drama va komediya teatrlarida bosh dirijyor, 1988-yildan Qarshi sanʼat bilim yurtining dirijyorlik boʻlimida oʻqituvchi. Dirijyor sifatida turli spektakllarni boshqargan. "Xolisxon" (Hamza, 1951, Samarqand), "Oʻtgan kunlar" (Ismoilzoda, 1953) va boshqa musiqali dramalar, turli mavzudagi qoʻshiqlar ("Samarqanddan salom", "Surxondaryo", "Koʻzlaring" va boshqalar) muallifi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz