Komiljon To‘xtayev




Komiljon Aliyevich Toʻxtayev (1997-yil 30-oktabrda tugʻilgan; Yangiobod, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik togʻ changʻi sportchisi, Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Tarjimai hol



Komiljon 1997-yil 30-oktyabrda Toshkent viloyatining Yangiobod shahrida dunyoga keladi.

Sport faoliyati



Toʻxtayev 2015-yilda Biver-Krikda (AQSH) boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ulkan slalom boʻyicha ishtirok etgan. Biroq Toʻxtayev poygani oxirgacha yakunlay olmaydi.

Toʻxtayev 2018-yili Pxyonchxanda (Janubiy Koreya) boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida ulkan slalom boʻyicha yagona togʻ changʻi sportchisi sifatida Oʻzbekiston nomidan ishtirok etgan.

U Pekindagi 2022-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi sanaladi.

Ishtirok etish jadvali




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz