Komiljon Rahimov




Komiljon Rahimovich Rahimov (1946—2019-yillarda yashab oʻtgan) — oʻzbek siyosatchisi, mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Aloqa vaziri, Bosh vazirning Transport va kommunikatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari.

Biografiyasi



Rahimov Komiljon 1946-yil 23-fevralda Urganch shahrida tugʻilgan. 1969-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini tamomlagan va Zabaykal harbiy okrugi aloqa qoʻshinlarida xizmat qilgan.

1971—1981-yillarda Urganch telefon aloqa uzelining bosh muhandisidan Xorazm viloyati pochta-telegraf aloqa uzelining boshligʻigacha boʻlgan lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan.

1981-yilning sentabr oyidan Oʻzbekiston SSR aloqa vaziri oʻrinbosari. 1985-yil yanvar oyidan Oʻzbekiston SSR aloqa vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 1995—1998-yillarda Oʻzbekiston Bosh vazirining Transport va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari.

Keyinchalik „Oʻzbekiston pochtasi“ kompaniyasi bosh direktori va „Kamalak-TV“ bosh direktorining maslahatchisi (birinchi oʻrinbosar sifatida) boʻlgan.

1996-yilda Rahimov Komiljonga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan aloqa xodimi unvoni berilgan.

Taniqli siyosatchi Komiljon Rahimovich 2019-yil 16-mayda vafot etgan va Urganch shahriga dafn etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz