Komil Xorazmiy uy-muzeyi




Komil Xorazmiy uy muzeyi  – Xorazm viloyati Xiva shahrida Komil Xorazmiy qorixonasi ichida joylashgan. Komil Xorazmiy oʻzi uchun qabri ustiga bitta daxliz va ikkita xonadan iborat bino qurdiradi. Komil Xorazmiy Xiva xonligida mirzaboshi, devonbegi lavozimlarida ishlagan. Muzey pahlavon mahmud maqbarasining gʻarbiy qismida joylashgan. Qurilishga Komil Xorazmiy boshchilik qilgan boʻlib, bino ichidagi qorixonada qorilar Qur’on tilovat qilgan. Qorilarga Komil Xorazmiy oʻz mablagʻlari hisobidan oylik ajratgan. Hozirda Komil Xorazmiy qurdirgan bino saqlanib qolgan va uning farzandlari tomonidan „Mirzaboshi“ mehmonxonasiga aylantirilib sayyohlar uchun xizmat qilmoqda.

Komil Xorazmiy



Asl ismi Pahlavon Abdulla oxund boʻlgan Komil Xorazmiy shoir, tarjimon, sozanda, bastakor, xattotlik bilan shugʻullangan. 1856-1865 yillarda xiva xoni Said Muhammadxon davrida xattotlik bilan shugʻullanadi. Pahlavon Abdulla oxund 1865-yildan boshlab, Muhammad Rahimxon II davrida mirzaboshilik qila boshlagan. Komil Xorazmiy 1883-yilda Rossiyaga boradi va bu yerdagi xalq hayoti va madaniyati haqida oʻrganadi. 1891-yilda Komil Xorazmiy Toshkentdagi Laxtin tipolitografiyasida boʻladi va bu yerdagi ishlar bilan tanishadi. Pahlavon Abdulla oxund Muhammad Rahimxon II buyrugʻi bilan musiqa sohasida koʻplab yangilik va ixtirolar qildi. Komil Xorazmiy „Tanbur chizigʻi“ (nota) ni ixtiro qildi. Komil Xorazmiyning asarlari bizga qoʻlyozma yoki toshbosma shaklida yetib kelgan. Pahlavon Abdulla oxundning dastlabki devonining nashri 1881-yilda Xiva toshbosmasida bosilgan. Komil Xorazmiy ona tomondan Xoʻjash Maxram va Pahlavonniyoz xonadoni bilan aloqadorli aytiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Komil Xorazmiy uy-muzeyi haqida quyidagi ma'lumotlarni taqdim etaman:

Komil Xorazmiy uy-muzeyi O‘zbekistonning mashhur shoir va davlat arbobi Komil Xorazmiy hayoti va ijodini yodga olish hamda unutilmasligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan madaniy maskandir. Ushbu muzey uning tug‘ilgan uyi yoki uy joylashgan hududda joylashgan bo‘lib, unga bag‘ishlangan ko‘plab eksponatlar, fotosuratlar, shaxsiy buyumlar va asarlar jamlangan.

Muzeyda Komil Xorazmiy hayot yo‘li, ijodiy faoliyati, uning she’rlari va davlat xizmatidagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, uning davrida yashagan madaniyat va ijtimoiy hayot haqida ham ma’lumot topish mumkin. Muzey ziyoratchilari uchun maxsus ekskursiyalar, adabiy-ma’rifiy tadbirlar ham tashkil etiladi.

Komil Xorazmiy uy-muzeyi O‘zbek adabiyoti va tarixi, shuningdek davlat xizmatining rivojiga oid qadriyatlarni yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Bu joy shoirni sevuvchilar, ilm ahli va o‘quvchilar uchun katta qiziqish uyg‘otadi.

Agar kerak bo‘lsa, muzeyning aniq joylashuvi, ish vaqti yoki eksponatlar ro‘yxati haqida ham batafsil ma’lumot berishim mumkin.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz