Komil O‘rinboyev




Komil Oʻrinboyev (1976-yil 7-sentyabr, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik togʻ changʻi sportchi. 1998-2002-yillardagi qishki Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Tarjimai hol



Komil Oʻrinboyev 1976-yil 7-senyabrda Toshkent viloyatinng Boʻstonliq tumanida dunyoga keladi.

U changʻi sporti boʻyicha ishtirok etgan.

Oʻrinboyev 1998-yilda Naganodagi qishqi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiradi va slalom boʻyicha ishtirok etadi. U birinchi urinishda 1 daqiqa-yu 9,55 soniya bilan 35-natijani koʻrsatgan boʻlsa, ikkinchi urinishda 1.09,30 soniyada 28-oʻrinni egalladi. Ikkala urinish natijasi (2.18,85) orqali 50 nafar ishtirokchi orasida norvegiyalik chempion Xans Petter Burosga 29,54 soniyani boy berib,  28-oʻrin nasib qildi.

Komil Oʻrinboyev 2002-yilda Solt-Leyk-Sitidagi qishki Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kirib, slalom boʻyicha ishtirok etadi. U birinchi urinishda 1.04,09 natijani koʻrsatib, 49-oʻrinni egallagan boʻlsa, ikkinchi urinishda yakuniy bayonnomada hech qanday oʻrinni ololmadi.

Ikkala Olimpiadaning ochilish marosimida Togʻ changʻi sportchisi Komil Oʻrinboyev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bayrogʻdori boʻldi. Bundan tashqari, u  1994-yilda Lillexammerda boʻlib oʻtgan faqat figurali uchish va fristayl boʻyicha qatnashgan oʻzbekistonlik birinchi togʻ changʻi sportchisi sanaladi.

U 1999-yilda Kanvondodagi qishki Osiyo oʻyinlarida ishtirok etib, slalom boʻyicha 7-oʻrinni (2.05,12) egalladi va janubiy koreyalik raqibi Xur Sin Ukga imkoniyatni boy berib qoʻydi. Shuningdek, supergigant slalom boʻyicha (1.33,99) 8-oʻrinni egallab, bu yoʻnalishida Xur Sin Ukni 7,16 ortda qoldirdi. Bundan tashqari ulkan slalomda ishtirok etib, ikkinchi urinishni yakuniga yetmagani tufayli hech qanday oʻrinni egallay olmadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz