Komil Oqilov




Komil Oqilovich Oqilov (1928.5.2, Samarqand tumani) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), tarix fanlari doktori (1987), professor (1988). Samarqanddagi Oʻzbekiston universitetining tarix fakultetini tugatgan (1949). Oʻzbekiston ped. fanlari ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim, bulim mudiri (1953—57). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutida katta ilmiy xodim (1957—64), boʻlim mudiri (1964—96), guruh rahbari (1996—98), yetakchi ilmiy xodim (1998—2000), katta ilmiy xodim (2000-yildan). Oqilovning ilmiy fa-oliyati Oʻzbekistonning madaniy jarayonlariga bagʻishlangan. 9, 10-sinflar uchun "Oʻzbekiston tarixi" dareliklari va "Oʻzbekistonning yangi Tarixi. 2-kitob. Oʻzbekiston sovet mustamlakachilari davrida" kitobining mualliflaridan biri. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz