Komil Nasafiy
Komil Nasafiy (arabcha: كامل النسفي — Komil Nasafiy — Toʻliq ismi: Komil ibn Kamol Nasafiy (XVI-XVII asr)) — Mutasavvif.
Hayoti va faoliyati
Komil Nasafiy „Durri maknun“ („Yashirin durlar“) nomli asar yozgan. Tasavvufning Qodiriya tariqati vakili bo‘lgan —XVII asrning 2-yarmida yozilgan mazkur asarida so‘fiylik, uning mohiyati, atamalarini tadqiq etgan, asoslab bergan. Komil Nasafiyning shu mavzudagi yana bir asari „Sharhi ilhomot musammo bi ravzoti-l-jannot“ deb nomlangan. Bu risola nomaʼlum muallifning „Ilhomot“ nomli asariga yozilgan sharhdir. Ikkala asar ham 1915-yilda Mullo Muhammad Sodiq valadi Qori Mullo Abulfayz Nasafiy tomonidan ko‘chirilgan.
Uning „Sharhu-l-hikami-l-Atoiyya“ nomli risolasi ham bor. U Atoulloh Iskandariy (vafoti 1309-yil) asariga yozilgan sharhdir. Risolaning XVIII asrda ko‘chirilgan bir nusxasi bizning davrimizgacha yetib kelgan.
Asarlari
Manbalar
uz.wikipedia.org