Komil meliyev
Komil Meliyev — (1923 — 2009) Toshkent shahrida tugʻilgan. SAGU sharq fakultetining 1949-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-uygʻurshunos, filologiya fanlari nomzodi.
Dastlab Rossiya FA Tilshunoslik instituti aspiranti (1949 — 1953-yil); SAGU Sharq fakulʼtetida uygʻur tili oʻqituvchisi (1954 — 1960); OʻzFA TAIda ilmiy xodim (1959 — 1992); 1992-yildan boshlab Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universiteti oʻzbek filologiyasi va 1996 — 2005-yillar Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Turkiyot kafedralarida katta oʻqituvchi.
Ilmiy yoʻnalishi
turkiy tillar leksikasi va grammatikasini qiyosiy oʻrganish… Besh monografiya va 40 dan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar muallifi. Moskva (1966, 1968), Olma-Ota, (1973, 1976, 1979), Sankt-Peterburg (1968), Toshkent (1980)da boʻlib oʻtgan turkolog olimlarning xalqaro ilmiy anjumanlari ishti-rokchisi. Bir qancha jangovar orden va medallar sohibi.
Asosiy ilmiy ishlari
Nomz. diss.mavzusi: „Imena deystviya v sovremennom uygurskom yazike“. — M., 1953.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org