Komil Glik
Kamil Jacek Glik (talaffuzi: Komil Glik; 1988-yil 3-fevralda tugʻilgan) — Polshalik professional futbolchi, B Seriyaning Benevento klubi va Polsha terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati
Glik oʻz faoliyatini MOSiR Jastrzębie Zdrój va WSP Wodzisław Śląskining yosh toifadagi jamoalarida boshlagan, keyin LKS Silesia Lubomia ga ijaraga oʻtdi. 2006-yilda WSP Wodzisław Śląskidan Ispaniyaning Horadadasiga koʻchib oʻtdi va u yerda Real Madrid eʼtiboriga tushdi. Klubning „C“ jamoasida ikki mavsum oʻynadi
Palermo
Mavsum oxirida Italiyaning Citta di Palermo klubi bilan muzokaralarni boshlagani xabar qilingandi. 2010-yil 7-iyulda Sitsiliya klubi bilan shartnoma imzoladi, klub futbolchini besh yillik shartnoma asosida sotib oldi.
Bari (ijara) 2011-yil 4-yanvard Bari bilan shartnoma imzoladi. 6-yanvarda Puglia derbisida asosiy tarkibda maydonga tushdi(0:1). „Galletti“ bilan ligada 16 va Italiya Kubogida bitta oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushgan. 35-turda Bari — Roma uchrashuvida (2-3) qizil kartochka oldi va uch oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi.
Torino
2011-yilning 12-iyulida, 300 000 evro evaziga B Seriyadagi birgalikda egalik qilish shartnomasi asosida Turinga o‘tdi
Monako
2016-yilning 4-iyulida Glik Monakoga 11 million yevro va 4 million yevro bonuslar evaziga 4 yillik shartnoma asosida oʻtdi.
Benevento
2020-yilning 11-avgustida A Seriyaga endi koʻtarilgan Benevento klubi Monakodan Glik bilan 3 yillik shartnoma tuzganini eʼlon qildi
Xalqaro faoliyati
Glik 21 yoshgacha boʻlgan Polsha terma jamoasi safida 14 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. 2010-yilda milliy terma jamoada debyut qildi. Glik Polsha terma jamoasiga chaqirilgan birinchi Piast Glivitsa klubi futbolchisi edi. 2010-yilning 20-yanvarida Tailandga qarshi Qirollik kubogi bahsida debyut qildi, debyutining 43-daqiqasida gol uridi (3:1, gʻalaba).
Faoliyat statistikasi
Klub
12-noyabr, 2022-yil holatiga koʻra[14][15]
Xalqaro
30-noyabr, 2022-yil holatiga koʻra[16]
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Polshaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni har bir Glik golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
Yutuqlari
Individual Manbalar
uz.wikipedia.org