KOMBAXSH



KOMBAXSH (1667-1709) – Boburiylardan bo’lgan Shahzoda; Avrangzebning 5-o’g’li. Otasi Kombaxshni Dekanga hokim etib tayinlagan. Avrangzeb vafoti (1707) dan so’ng aka-ukalar o’rtasida taxt uchun kurash boshlangan. Taxtni egallagan Bahodirshoh I mamlakat Janubiga, Kombaxsh ustiga yurish qilgan. 1709 yil 13 yanvarda Haydarobod yaqinida Kombaxsh qo’shinini tor- mor keltiradi, Kombaxsh jangda yaralanib halok bo’ladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz