KOLXIDA



KOLXIDA — G’arbiy Gruziya (egrisi) ning yunoncha nomi. Miloddan avvalgi 6-asrda Kolxida hududida Fasis va Dioskuriada yunon koloniyalari vujudga kelgan, 6-2-asrlarda esa Kolxida podsholigi bo’lgan. Keyingi davrlarda (19-asrning boshlarigacha) Kolxida Gruziyada tashkil topgan turli davlatlar tarkibiga kirgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz