KO’LXANJAR G’ORI



KO’LXANJAR G’ORI – Surxontog’ tizmasining Janubiy yon bag’rida, 1175 metr balandlikda joylashgan. G’orning kirish qismi tor (eni va balandligi 1 metrga yaqin). 1PU o’lchamda ichkariga 11 metr davom etib, so’ng katta xonaga (uzunligi 40 metr, eni 7 metrdan 15 metrgacha, balandligi 3 metrgacha) o’tiladi. Xonaning shipi gumbazsimon va kaltsit minerallaridan tashkil topgan. Katta xona oxirida tor yo’lakka (uzunligi 10 metr, eni va balandligi 1 metr) aylanadi va oxirida kirib bo’lmaydigan yoriq, bilan tugaydi. G’orning umumiy uzunligi 61 metr, maydoni 63 metr kvadrat, hajmi 142 metr kub.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz