Kolumbiyalik




Kolumbiyaliklar (oʻzlarini -kolombiano deb atashadi) — xalq. Kolumbiyaning asosiy aholisi (32,5 mln. kishi). Venesuela (1,75 mln. kishi), AQSH va boshqa mamlakatlarda ham yashaydilar. Umumiy soni 34,5 mln.kishi (1990-yillar oʻrtalari). Asosan, metislar, qisman mulatlar, kreollar. Ispan tilining Kolumbiya mahalliy laxjasida soʻzlashadilar. Dindorlari — asosan, katoliklar. Asosiy mashgulotlari — dehqonchilik (kofe, banan, ananas, paxta, tamaki, kakao, makkajoʻxori, bugdoy, sholi yetishtirish va boshqalar), shuningdek, bir qism aholi neft va kon sanoatida band.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz