Kolumbiya iqtisodiyoti
Kolumbiya iqtisodiyoti asosan agro sanoatga ixtisoslashgan mamlakat bo‘lib, davlat yalpi ichki mahsuloti miqdori bo‘yicha Lotin Amerikasi davlatlari ichida toʻrtinchi oʻrinda turadi. Neft Kolumbiyaning asosiy eksport tovari hisoblanadi. Mamlakatda IT-sohasi dunyoning barcha mamlakatlariga qaraganda tezroq rivojlanmoqda. IT sohasi mamlakatda yaxshi rivojlanayotganligi tufayli internetdan foydalanuvchilar soni hozirda katta miqdorni tashkil etadi. Shu sababli Kolumbiya Lotin Amerikasidagi eng uzun optik tolali tarmoqqa ega mamlakat hisoblanadi. So‘nggi o‘n yilliklarda mamlakat iqtisodiy rivojlanish bosqichini boshidan kechirdi: jumladan uning yalpi ichki mahsuloti 1990-yildagi 120 milliard dollardan 2014-yilda deyarli 700 milliard dollargacha oshdi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yalpi ichki mahsuloti 1990-yildagi 1500 dollardan 2015-yilda qariyb 14000 dollargacha koʻtarildi. Kemasozlik, elektronika, avtomobilsozlik, turizm, qurilish va tog‘-kon sanoati kabi tarmoqlar 2000 va 2010-yillarda tez o‘sdi, ammo Kolumbiya eksportining aksariyat qismi hali ham asosan tovarlar maxsulotlari orqali keladi. Kolumbiya elektronika va maishiy texnika ishlab chiqarish boʻyicha Lotin Amerikasida Meksikadan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. 2006-yilda Kolumbiya iqtisodiyoti 6,8% ga o‘sdi va 2007-yilda so‘nggi 30 yil ichida yalpi ichki mahsulotning eng muhim o‘sishiga 7,53% ga erishadi. Associated Press tahlil natijalariga ko‘ra, bu yuqori ko‘rsatkichga asosan xorijiy sarmoyalar va mamlakatdagi qurilish tashkilotlari ko‘payganligi hisobiga erishilgan.
2007-yilda qurilish sohasida o‘sishi ko‘rsatkichi 13,3% ni tashkil etdi, bu ko‘rsatkichning o‘sishiga Kolumbiya poytaxti va asosiy kurort hududlarida, xususan, Kartagena turistik kurortida qurilish ishlarini ko‘payishi sababchi bo‘ldi.
2007-yilda investitsiyalar hajmining doimiy ravishda oshib bordi. Bundan kelib chiqadiki ushbu yilda Kolumbiya yalpi ichki mahsulotining tez o‘sishiga asosiy sabablardan biri xorijiy investorlarning qo‘shgan hissalari bo‘ldi. Bu tendensiya 2008-yilda ham davom etdi va birgina 2008-yilning birinchi ikki oyida davomida xorijiy investitsiyalar hajmi 1,75 milliard dollarga yetdi va YaIM ko‘rsatgichi 2006-yilgi ko‘rsatkichga nisbatan ikki baravar ko‘proqqa o‘sdi.
Kolumbiya prezidenti Alvaro Uribe maʼlumotlarga izoh berar ekan, izoh jarayonida mamlakatda inflyatsiyaning oʻsishi va peso kursining dollarga nisbatan oʻsishi kolumbiyalik eksportyorlarning rentabelligiga salbiy taʼsir koʻrsatayotganidan xavotir bildirdi.
Iqtisodiy o‘sishlar tufayli Kolumbiyaga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni yiliga 12 mln kishidan ortib ketdi. 2023-yilga borib Kolumbiyaga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni 15 milliondan ortiq ko‘rsatgichga yetadi.
Statistika
Quyida keltirilgan jadvalda Kolumbiyaning 1980–2017-yillardagi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar ko‘rsatilgan. Jadvalda 5% dan kam inflyatsiya ko‘rsatkichlari yashil o‘q bilan ko‘rsatilgan.
Qishloq xo‘jaligi
Kolumbiyada mehnatga layoqatli yoshdagi aholining 22,7 foizi asosan qishloq xoʻjaligida band hisoblanadi. Dehqonchilik uchun yaroqli yerlar mamlakat hududining beshdan bir qismini tashkil etadi. Yetishtiriladigan oziq-ovqat ekinlariga manok, sholi va kartoshka (yillik 2,6 million tonna) kiradi. Sanoat ekinlariga paxta, kakao loviya (yillik 47,1 ming tonna) va shakarqamish (yillik 38,2 million tonna) kiradi. Karib dengizi sohilida banan plantatsiyalarida banan yetishtiriladi. Kolumbiya o‘z aholisi uchun deyarli barcha oziq-ovqat ehtiyojlarini qondiradi. Eksportning asosiy turlaridan biri bu kofe bo‘lib, uni ishlab chiqarish bo‘yicha Kolumbiya dunyoda yetakchi 3-o‘rinni egallaydi (yillik 660 ming tonna). Kolumbiya eksportida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ulushi 23,5% ga yetadi.
Chorvachilik asosan mayda fermer xoʻjaliklari mehnati hisobiga, 400 mingga yaqin fermer xoʻjaliklari hisobidan rivojlanadi. Mamlakatda qoramol soni taxminan 24 million boshni tashkil qiladi. Kolumbiya Janubiy Amerikadagi buyvol yetishtiruvchi yetakchi mamlakatlardan biridir. Kolumbiyada baliqchilikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar mavjud bo‘lib, mamlakatdan Tinch okeani va Karib dengizi suvlar oqib o‘tadi. Biroq, Kolumbiya yerlarida baliq ovlash sohasi yaxshi rivojlanmagan. Ovlangan baliq mahsulotlarining salmoqli qismi odatda xorijga eksport qilinadi. Kolumbiyadagi dengiz baliqchiligi orkinos, qisqichbaqa, oq baliq, hamsi va seld balig‘ini o‘z ichiga oladi. Magdalena, Orinoko va Amazon daryolarida chuchuk suvda baliq ovlash amalga oshiriladi, akvakultura sohasi hozirda faol rivojlanmoqda - uning asosiy yo‘nalishlaridan biri qizil ikra yetishtirishdir.
Sanoat
Sanoatda sohasida mehnatga layoqatli yoshdagi aholining 18,7 foizi ish bilan band hisoblanadi.
Kon sanoati
Mamlakat jahon bo‘yicha foydali qazilmalarga boy davlatlardan biri hisoblanadi. Kolumbiya dunyoda qazib olingan zumradlarning 90 foiziga egalik qiladi, deyarli barcha konlar mamlakatning ikkita yirik bo‘limida joylashgan: Boyaca va Cundinamarca. Qimmatbaho toshlar asosan mamlakatda - Bogota yoki Medellinda qayta ishlanadi. Davlat ushbu sohada eksportini jiddiy nazorat qiladi.
1950-yillarda Kolumbiya hududidan neft zaxiralari topilgan. Asosiy neft konlari Barrankabermeja shahri yaqinida va mamlakat janubi-sharqida joylashgan. Tasdiqlangan neft zaxiralari hajmi kamayib borayotganiga qaramay. 2017-yilda neft qazib olish hajmi kuniga 866 ming barrelga yetgan deya baholangan, ushbu raqamlar Kolumbiyani neft qazib olish ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoda 23-o‘ringa olib chiqadi.
Davlatda ko‘mirning yirik zaxiralari (17 mlrd. tonna) mavjud bo‘lib, ularning asosiy qismi El Cerrejon konida joylashgan. Shuningdek mamlakat hududidan boshqa rangli qazilma boyliklari, jumladan: oltin, temir va mis rudalari ham qazib olinadi.
Ishlab chiqarish sanoati
Ishlab chiqarish sanoati yalpi ichki mahsulotning 19 foizini tashkil qiladi. Davlatda eng yirik sanoat markazlari Bogota, Medellin va Kali shaharlari hisoblanadi. Kolumbiyadagi asosiy toʻqimachilik fabrikalari Medellin shahrida joylashgan. Ishlab chiqarish sanoatining asosiy mahsulotlari:
Energetika sohasi
Xalqaro statistika agentliklari Kolumbiyaning umumiy energiya zahiralari 7,254 milliard tonnaga teng (ko‘mir ekvivalentida) deya baholagan. 2019-yil yakuniga ko‘ra, EES va EAEC ma’lumotlariga binoan mamlakat elektroenergetikasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
2019-yil uchun energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari: xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga iste’moli (nominal narxlarda) – 15 633 dollar, aholi jon boshiga (yalpi) elektr energiyasi – 1360 kVt/soat, aholi jon boshiga elektr energiyasi iste’moli – 502 kVt/soat. Shuningdek elektr stansiyalarining o‘rnatilgan sof elektr quvvatidan foydalanish soatlari miqdori – 4229 soatni tashkil etadi.
Transport sohasi
Aeroportlar Temir yo‘llar Avtomobil yo‘llari Suv transporti Savdo
Aholi daromadi
Eng kam ish haqi
2009-yil 30-dekabrda qabul qilingan Kolumbiya prezidenti farmoniga ko‘ra, Kolumbiyada eng kam ish haqi 2010-yilda 3,64 foizga oshib, 515 ming pesoni tashkil etgan. 2018-yil holatiga ko‘ra, Kolumbiyada eng kam ish haqi 781 242 peso (273,43 dollar). 2020-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Kolumbiyada eng kam ish haqi 877 802 peso (267,76 dollar), shuningdek, 102 854 peso (31,71 dollar ) miqdoridagi majburiy transport subsidiyasini tashkil etadi. Bu oyiga atigi 980 656 peso (299,14 dollar)ni tashkil etadi.
Pul birligi
Kolumbiya pesosi (belgisi:
$ ; kod:
COP ) - Kolumbiya valyuta birligi hisoblanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org