KOLUMBIYA



KOLUMBIYA, Kolumbiya okrugi — AQShdagi federal (poytaxt) okrug. AQShning hozirgi poytaxti Vashington shahrini qurish uchun 1791 yilda Merilend shtatidan ajratilgan hudud. Maydoni 0,2 ming kilometr kvadrat. Aholisi 571,8 ming kishi (2001). Okrug Potomak daryosining so’l sohilida, Virginiya va Merilend shtatlari oralig’ida joylashgan. 1878 yildan okrug chegarasi Vashington shahrining munitsipal chegarasi hisoblanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz