Kolumbit




Kolumbit — murakkab oksidlar (tantaloniobitlar guruhi) kichik sinfiga mansub mineral. (Fe, Mn) Nb2O6 (kolumbit) — (Fe, Mn) Ta2O6 (tantalit) izomorf aralashmalar hosil qiladi. RZE, U, Ti, W, Th va boshqa aralashmalari ham mavjud. Romb singoniyali. Yarim metallsimon yaltiroq.

Qora, qoʻngʻir-qora kristallardan iborat. Qattiqligi 6; zichligi 5,22 g/sm3. Niobiy olish uchun muhim xom ashyo hisoblanadi. Sochilmalar va granitlarning nurash poʻstidan olinadi. Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Sharqiy Sibir va Qozogʻistonda K. konlari bor.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz