Kolraush qonuni




Kolraush qonuni - ionlar harakatining bir-biriga bogʻliq emaslik yoki elektrolitlar eritmasi elektr oʻtkazuvchanligining cheksiz suyultirilgandagi additivlik qonuni. 1879-yilda nemis fizigi F. Kolraush tomonidan tajriba natijalari asosida tasdiqlangan. Kolraush qonuniga muvofiq cheksiz suyultirilgan elektrolitlar eritmasining ekvivalent (molyar) elektr oʻtkazuvchanligi (XJ kationlar va anionlar harakatchanligi tufayli sodir boʻladigan elektr oʻtkazuvchanliklar (Xk va A.a) yigʻindisidan iborat, yaʼni: X^=Xk+Xa tegishli ionning cheksiz suyultirilgandagi elektr oʻtkazuvchanligi boʻlib, eritmadagi kationlar va anionlar harakatchanligining (/k va /d) yigʻindisiga mos keladi (Xj=lA+lK). Kolraush qonuni fa-qat oʻta suyultirilgan eritmalarga xosdir. Yaʼni elektrolitlar eritmasi maʼlum darajada suyultirilgandan soʻng undagi ionlar bir-biridan shu darajada uzoqlashadiki, ular bir-biriga toʻsqinlik qilmay harakatlana oladi. Eritmaning konsentratsiyasi ortishi bilan ionlararo tortish kuchayadi, ionlarning solvatlanish darajasi oʻzgaradi, elektrolitning ionlash darajasi ham oʻzgaradi. Natijada ionlarning harakatchanligi susayadi, binobarin ekvivalent elektr oʻtkazuvchanlik pasayadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz