Kolotushka (musiqa asbobi)
Kolotushka (belaruscha: кало́тка, ляхо́тка; polyakcha: kołatki) ― zarbli idiofon, signalli asboblardan biri. Ilgari, shaharlarda qorovullar va qoʻriqchilar tomonidan hududni aylanishda oʻgʻrilarni choʻchitish uchun foydalanilgan.
Kolotushkaning asosi ― bu dastasi boʻlgan kichik taxta yo teri yoki buqa pufagi bilan qoplangan yogʻoch karkas quti. Kolotushkaning yuqori uchiga koʻpincha toʻp shaklida boʻladigan yogʻoch boʻlakchasi ip bilan bogʻlangan. Kolotushka silkitilganda yogʻoch boʻlakchasi karkas yoki qoplamaning sirtiga uriladi.
Belaruslar va polyaklarning kolotushkasi yogʻoch dasta kiritilgan teshikli toʻrtburchak taxtadan boʻlgan. Tutqichning yuqori qismiga qattiq yogʻochdan yasalgan bolgʻa biriktirilgan (odatda eman). Keskin qoʻl harakati bilan bolgʻa oʻz oʻqi atrofida harakatga keltirilgan va taxtaga urilgan. Katolik cherkovlarida u post vaqtida organlar va qoʻngʻiroqlardan foydalanish taqiqlangan paytda ishlatilgan.
Kolotushka oʻzbek mahallalarida Ramazon oyida roʻzadorlarni saharlikka uygʻotish uchun chalinadigan shaqildoqqa juda oʻxshaydi.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org