KOLONNADA (Fransuzcha colonnade), ustunlar qatori — gorizontal tarzda usti yopilgan qatorak. To’g’ri yoki egri chiziq bo’ylab bir yoki bir necha qator qo’yilgan kolonna (ustun)lar usti yopilgan galereya. Ustun, kapitel va asosdan iborat. Ba’zan alohida inshoot sifatida ham quriladi. Kolonnadalar saroy va boshqa inshootlarning katta zalini bezashda, yirik binolarning bosh tarzini hashamatli qilib ko’rsatishda, bog’-park san’ati qurilishida foydalaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish