KOLONNA



KOLONNA (Fransuzcha colonne, lotincha columna — to’g’ri) — bino tomini ko’tarib turishga xizmat qiladigan, ko’ndalang kesimi aylana shaqldagi bino qurilmasi, me’moriy orderlarning ishlov berilgan tik tayanch qismi, ustun. Ba’zan ravoq va gumbazlarga tirgovich vazifasini o’taydi. Kolonnalar kursi, tana va kallakdan iborat bo’lib, g’isht, beton, temir-beton, metall, yog’ochdan yasaladi. Kolonnaning balandligi va diametri inshootning hajmiga muvofiqligi bilan belgilanadi. Asrlar davomida shaklan o’zgarib borib, yuksak badiiy ko’rinishga ega bo’lgan. Ustiga haykalcha (turli shaqldagi) o’rnatilgan yakka Kolonnalar, bir yoki bir necha qator qo’yilgan kolonnadapar ham uchraydi. Zamonaviy binolarda metall va betondan ishlangan Kolonnalar keng qo’llanilmoqsa.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz