Ko`lob




Koʻlob (tojikcha: Кӯлоб; forscha: کولاب) — Tojikiston Respublikasining janubidagi shahar (1934-yildan). Yax-suv (Panj havzasi) vodiysida, Dushanbedan 202 km. Hazratishoh tizmasi etagida. Dushanba bilan temir yoʻl va avtomobil yoʻli orqali bogʻlangan. Aholisi 98,5 ming kishi (2013-yillar oʻrtalari).

Ijtimoiy soha



Akkumulyatorlar ishlab chiqaradigan zavod, paxta tozalash, moy, sut zavodlari, goʻsht va non kombinatlari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Pedagogika instituti, teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, Mirsaid Hamadoniy maqbarasi (14— 17-asrlar) mavjud.

Manbalar




Havolalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz