Kolo Toure




Kolo Habib Toure (fransuzcha: Kolo Habib Touré)-Kot- d’Ivuarlik futbolchi,himoyachi.1981-yil 19-martda Kot-d’Ivuarning Buake shahrida tugʻilgan.Angliyaning "Lester Siti „ klubi bosh murabbiyi.Angliyaning “Arsenal", „Manchester Siti“, "Liverpul" va Kot-d’Ivuar terma jamoalarida oʻynagani bilan tanilgan.Uning akasi Yaya ham mashhur professional futbolchi edi.

Klubdagi faoliyati



Toure Buake shahrida tugʻilgan, otasi harbiy xizmatchi.Kolo va uning akalarining bolaligi harbiy lagerlarda oʻtdi. Yoshligida u ikkinchi otasi deb ataydigan fransuz murabbiyi Jan-Mark Giyu tomonidan Abidjan akademiyasiga taklif qilingan.Akademiyadan Toure „ASEK Mimozas“ professional klubiga oʻtdi, uni ham Giyu boshqargan.

2002-yil fevral oyida 20 yoshli Toure Angliya Premer-ligasining „Arsenal“ klubida sinovdan muvaffaqiyatli oʻtdi va tez orada klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.U allaqachon Kot-d’Ivuar terma jamoasida muntazam oʻynagan va 2002-yilgi Afrika Millatlar Kubogida qatnashganligi sababli,Toure Buyuk Britaniyada ishlash uchun ruxsat olishda muammoga duch kelmadi.Uning transferi „Arsenal“ga 150 ming funt sterlingga tushdi.

Jamoa uchun debyut oʻyini 2002-yilda Angliya Superkubogida "Liverpul" ga qarshi kechgan.Kolo Toure dastlab „Arsenal“da himoyaviy yarim himoyachi sifatida oʻynagan, keyinroq oʻng qanot himoyasiga oʻtgan.U "Chelsi" ga qarshi (1:1) „Stemford Brij“da „kanonirlar“ uchun birinchi golini kiritdi.

2009-yil 29-iyulda Toure Angliyaning „Manchester Siti“ klubiga oʻtdi.Transfer summasi oshkor etilmagan, biroq baʼzi OAVlar tomonidan 16 million funt sterling atrofida deb taxmin qilingan.

2013-yilning 28-mayida Toure erkin agent sifatida 2013-yilning 1-iyulidan boshlab „Liverpul“ga oʻtishi maʼlum boʻldi, shartnoma 2 mavsumga moʻljallangan.

2015-yilning yozida Kolo Toure klub bilan shartnomasini 1 yilga uzaytirdi.2016-yilda Toure shartnomasi tugagach klubni tark etdi.

2016-yilning 23-iyulida Toure Shotlandiyaning „Seltik“ klubi bilan shartnoma imzoladi.2017-yilda u futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Terma jamoadagi faoliyati



U 2000-yilda Kot-d’Ivuar terma jamoasida debyut qildi.121 oʻyin oʻtkazib,7 ta gol urgan.Afrika Millatlar Kubogi-2006 (finalgacha),Afrika Millatlar Kubogi-2008 (yarim finalga qadar,4-oʻrin),Afrika Millatlar Kubogi-2010 (chorak final), Afrika Millatlar Kubogi-2012 (finalgacha),Afrika Millatlar Kubogi-2013 (chorak final) va Afrika Millatlar Kubogi-2015 (gʻolib) va 2006-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida (guruhdan chiqa olmagan),2010-yilda Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida (guruhdan chiqa olmagan) va 2014-yil Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionati (guruhdan chiqa olmadi).Toure oʻz terma jamoasi sardori edi, ammo 2010-yilda uning oʻrniga Dide Drogba sardorlik qildi.

2015-yilning fevralida Afrika Millatlar Kubogi-2015 da gʻalaba qozonganidan soʻng, u terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.

Murabbiylik faoliyati



Faoliyatini 2017-yil sentabr oyida yakunlagandan soʻng darhol „Seltik“ga Brendon Rojers murabbiylar shtabida texnik yordamchi sifatida ishga kirdi.Shuningdek,Kot-d’Ivuar terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisiga aylandi.

2019-yil fevral oyida Rojers Angliya Premer-ligasining „Lester Siti“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi va Toure unga birinchi jamoa boshqaruvchisi sifatida qoʻshildi.

Yutuqlari



"ASEK Mimosas"

"Arsenal"

"Manchester Siti"

"Seltik"

Shahsiy hayot



Koloning ukasi bor-futbolchi: Yaya.Uning 2014-yilda vafot etgan ikkinchi akasi Ibrohim „Telefonat Bani Suveyf“ klubi hujumchisi edi.

Kolo uylangan va ikki farzandi bor.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz