Kolmogorov Andrey Nikolayevich




Andrey Kolmogorov (25-aprel 1903-yil — 20-oktyabr 1987-yil) — sovet matematigi. Matematikaning koʻplab sohasida ish olib borgan. 1980-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Kolmogorov fizika-matematika fanlari doktori boʻlgan. 1931-yildan Moskva davlat universiteti professori. 1939-yil SSSR Fanlar akademiyasi akademigi etib tayinlangan. 1964–1966- va 1974–1985-yillarda Moskva matematika jamiyati prezidenti boʻlgan. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1963). Lenin va Stalin mukofotlari laureati.

Kolmogorov oʻzgaruvchan funksiyalar nazariyasiga, topologiya (yuqori gomologiyalar nazariyasi), ehtimollar nazariyasi va klassik mexanika (turbulentlik nazariyasi), funksional analiz, oʻlchovlar nazariyasi, toʻplamlar nazariyasi, integrallar nazariyasi, differensial tenglamalar nazariyasi, funksiyalarning yaqinlashish nazariyasi, kibernetika va boshqa sohalar rivojlanishiga hissa qoʻshgan. Olim ehtimollar nazariyasini aksiomatik asoslash sistemasini qurgan, Markovning tasodifiy jarayoni va statsionar tasodifiy jarayonlar nazariyasini rivojlantirgan.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz