Kollizion huquq




Kollizion huquq - turli dav latlarning qonunlari (tashqi Kollizion huquq) yoki bir davlatning normativ aktlari (ichki Kollizion huquq) oʻrtasidagi kolliziya (bir-biriga zidlik)larni hal qiluvchi normalar majmui. "Kollizion huquq" atamasini dastlab 17-asrda golland huquqshunoslari qoʻllagan, 20-asrda keng tarqalgan. Tashqi Kollizion huquq xalqaro xususiy huquk tarkibiga kiradi. Bir qancha mamlakatlar (Buyuk Britaniya, AQSH va boshqalar)da "xalqaro xususiy huquq" tushunchasi Kollizion huquq tushunchasi bilan bir xil yuritiladi. Ichki Kollizion huquq federativ davlatlarda alo\ida ahamiyat kasb etadi, chunki bunday davlatlarda federal ququq bilan federatsiya subʼyektlari huquqi oʻrtasida qarama-qarshilik paydo boʻlishi mumkin.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz