KOLLEGIUM
KOLLEGIUM (lotincha collegium — o’rtoqlik, hamkorlik) — 16-18-asrlarda G’arbiy Yevropadagi yopiq o’rta, ba’zan oliy o’quv yurti. Kollegium, asosan, iezuitlar tomonidan ochilgan. Unga faqat hukmron sinf bolalari qabul qilingan. Kollegiumda “yetti erkin san’at” va ilohiyot o’qitilgan, shuningdek, lotin va yunon tillari o’rgatilgan, adabiyot, geografiya va tarix bo’yicha ayrim ma’lumotlar berilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz