Kolima (Meksika)
Kolima — Meksikadagi shtat, Tinch okean sohilining janubi-gʻarbida. Mayd 5,5 ming km² (Revilya-Xixedo orollari bilan birga). Aholisi 540,6 ming kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Kolima shahri Relyefi tepalik va togʻlardan iborat (balandligi 1000 m gacha). Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Kambar sohilboʻyi qismida tropik iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 24—28°. Yiliga 700–900 mm, togʻlarda 1300 mm gacha yogʻin yogʻadi. Kolima — mamlakatning qoloqshtatlaridan. Iktisodiy faol aholining 3/5 qismi qishloq xoʻjaligida band. Armeriya daryosi havzasida meva, shakarqamish, yer yongʻoq, tamaki ekiladi. Oziq-ovqat, tamaki, koʻn poyabzal sanoati korxonalari bor. Asosiy transport vositasi temir yoʻl boʻlib, Mansanilo yirik portini Mexiko bilan bogʻlaydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org