KOLIMA
KOLIMA — Meksikaning g’arbiy qismidagi vulkan (Xalisko shtatida), Vulkanli Serra tog’larida, tinch okean qirg’og’idan 80 kilometr uzoqlikda. Ikkita konussimon cho’qqidan iborat: yilning ko’p vaqti qor bilan qoplangan Nevada-de- Kolima sungan vulkani (balandligi 4265 metr) va harakatdagi Kolima yoki Volkan-de-Fuego-de- Kolima vulkani (“olovli vulkan”) balandligi 3846 metr, Meksika Vezuviya deb ham ataladi. Andezit va dasitladan tuzilgan. Milliy Park tashkil etilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz