Kolibrilar





Kolibrilar ( Trochili ) — uzunqanotlilar turkumining kenja turkumi. 319 turni birlashtiradi. Asosan, Markaziy va Janubiy Amerika, ayrim turlari Shimoliy Amerikada tarqalgan. Qushlar orasida eng kichigi, baʼzilarining kattaligi qovogʻaridek keladi. Ogʻirligi 7,8 g. Tashqi koʻrinishi har xil, patlari rang-barang. Tumshugi uzun va ingichka, toʻgʻri yoki bir oz qayrilgan. Juda tez uchadi, qanotini tez qoqib, havoda muallaq tura oladi. Togʻ, tekislik, oʻrmon, bogʻ va choʻllarda yashaydi. Koʻp vaqtini havoda oʻtkazadi. Yerda yurolmaydi. Vazni 0,2 g lik 2 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini 14—19 kun bosadi. Bolasi bir oyda uchirma boʻladi. Kolibrilar, gul nektari, qisman mayda hasharotlar bilan oziqlanadi.

Galereya




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz