Kolibatsillyoz




Kolibakterioz , esherixioz, kolibatsillyoz, kolisepsis, kolienterit — yosh hayvonlarda uchraydigan oʻtkir yuqumli kasallik. Kasallik bilan buzoqlar, choʻchqa bolalari, qoʻzi, parrandalar kasallanadi. Yangi tugʻilgan hayvonlarda patogen ichak tayoqchalari oshqozon-ichak organlarini zararlab, kuchli ich ketishi bilan kechadi.

Kasallik qoʻzgʻatuvchisi patogen ichak tayoqchasi (Escherichia soP)ning turli serotiplaridir. Homilaning ona qornida rivojlanishidagi oʻzgarishlar, boʻgʻoz hayvonlarni saqlash va oziqlantirish, parvarish qilishda zootexnik va veterinariya qoidalarining buzilishi kasallikning kelib chiqishiga sabab boʻladi. Infeksiya qoʻzgʻatuvchisi manbai — kasal yoki ilgari kasallangan hayvonlar, ichak tayoqchalari bilan zararlangan boʻgʻoz hayvonlar, mikroorganizm yuqqan asbob-anjomlar boʻlishi mumkin. Yosh hayvonlarda tugʻilgandan keyingi birinchi kunlarda (3—5 kun) kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 1—2 kungacha davom etadi. Hayvonning tez-tez yomon hidli, koʻpik aralash ichi ketadi. Nafas olish, yurak urishi tezlashadi, ishtaha yoʻqoladi, organizm suvsizlanadi va hayvon qaltirab, falajlanib oʻladi. Tashhis patalogoanatomik oʻzgarishlar va bakteriologik tekshirishlarga qarab qoʻyiladi.

D a v o l a sh : maxsus tayyorlangan kon zardobi, gamma-globulin, antibiotiklar (neomitsin, monomitsin, tetratsiklin), nitrofuran (furazolidon) preparatlari.

Oldini olish: boʻgʻoz mollar vitaminli ozuqalar bilan boqiladi va yangi tugʻilgan buzoqlarga vaqtida ogʻiz suti beriladi, asbob, idish va buzoqxonalar toza tutiladi, kasal hayvon alohida saqlanadi, ularga dezinfeksiyalovchi dorilar va antibiotiklar beriladi. Abdulla Koʻranboyev.

Manbalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz