Kol Lafiragogusi




Kol Lafiragogusi (lat. Laphyragogus kohlii) — Yerkovlov (Crabronidae) arilar oilasiga mansub qum arining kam uchraydigan turi. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Tarqalishi



Markaziy Osiyo: Tojikiston, Oʻzbekiston va Pokiston. Choʻllarning qumli joylarida, ayniqsa, suv bosadigan joylarda yashaydi. Oʻzbekistonda Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida qayd etilgan.

Tavsif



Bunday arilarning oʻrtacha kattaligi (taxminan 1 sm)ni tashkil etadi, sargʻish rang boʻladi.

Yuqori old jagʻlarida  tashqi ventral chetida tirqish yoki toʻsiq bor. Ayollarning moʻylovlarii 12 segmentli, erkaklariniki 13 segmentli boʻladi. Pastki jagʻlarida 6 boʻlakli, pastki lab qismi esa 4 boʻlakdan iborat (ogʻiz boʻlaklari kalta). Koʻzlari katta. Oldingi qanotlari uchta yopiq kubital hujayradan iborat. Oʻrtadagi oyoq qismi 1 ta apikal nayzali. Qorin boʻshligʻi turgʻun.

Kam oʻrganilgan. Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qoʻyishi iyun-avgust oylarida. Urgʻochilari tangaqanotlilarni (Lepidoptera) ovlaydi, ularni vaqtincha falaj qilib, uyalari tomon sudrab, bir nechtasini bitta inga yigʻadi. Inlarini yumshoq qumloq tuproqqa qoʻyadi.

Cheklovchi omillar



Xoʻjalik maqsadlarida choʻl zonasidagi qoʻriqlarning oʻzlashtirilishi, xususan, haydash, chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari koʻp foydalanish ufayli soni kamayib bormoqda.

Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz