Ko`ktol




Koʻktol (Salix cocrulea) — toldoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Novdalari va kurtagi toʻq qoʻngʻir, tuksiz. Bargi ensiz, vashtarsimon, tukli. Yon bargchalari ipsimon. Guli bir jinsli, gulqoʻrgʻonsiz, toʻpguli kuchala. Barg chiqishi bilan bir vaqtda gullaydi. Urugʻi mayda, uzun tuklar bilan qoplangan. Aprel — mayda gullab, urugʻ tugadi. Togʻlardagi soylik va jilgʻalar yoqalarida oʻsadi. Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida koʻp tarqalgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz