KO’KTOL (Salix cocrulea) — toldoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Novdalari va kurtagi to’q qo’ng’ir, tuksiz. Bargi ensiz, vashtarsimon, tukli. Yon bargchalari ipsimon. Guli bir jinsli, gulqo’rg’onsiz, to’pguli kuchala. Barg chiqishi bilan bir vaqtda gullaydi. Urug’i mayda, uzun tuklar bilan qoplangan. Aprel — mayda gullab, urug’ tugadi. Tog’lardagi soylik va jilg’alar yoqalarida o’sadi. Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ko’p tarqalgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish