KO’KTERAK
KO’KTERAK, sho’rterak, chinniterak (Populus bachofenii Wierz.) — toldoshlar oilasiga mansub daraxt. Bo’yi 35-40 metr, keng shox-shabbali. Barglari yirik, uch, besh, yetti burchakli, cheti ko’ngura, orqasi mayin, oq tukli, usti kumushrang-yashil, yaltiroq. Barg yozishidan oldin to’pguli kuchala chiqaradi. O’rta Osiyo, G’arbiy Yevropa, O’rta dengiz sohillari va Eronda ko’p tarqalgan. Ko’kterak qalamcha va ildiz Bachkisidan ko’paytiriladi, tez o’sadi. Manzarali o’simlik sifatida ekiladi. Yog’ochi imoratlar qurish, duradgorlikda ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz