Koktem




"KOKTEM" (qozoqcha — "Koʻklam") — qozoq musiqali drama teatri. 1989-yil 9-martda Jizzax shahrida tashkil etilgan. Teatrning asoschisi va bosh rej. Turganbek Ashimov. Eng yaxshi spektakllari: "Hurmatli Iks" (Taussarova), "Aytari degen qaytari" (O. Aubakirov), "Qiz yigirmaga toʻlganda", "Ona koʻz yoshi" (T. Moldagʻaliyev), "Qozi korpesh-Bayan sulu" (F. Musirepov), "Choldan chiqqan chatoq" (O. Aubakirov). Asqar Ashimov, Zada Kenshimbayeva, Qidirtoy Moldaumetov, Rabigʻa Bisebayeva, Saule Imonbekova, Tolgʻay Iskakov, Arman Utabekov teatrning yetakchi aktyorlaridir.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz