Koksal bezlar




Koksal bezlar (glandulae coxales) — baʼzi oʻrgimchaksimonlarning boshkoʻkrak qismida joylashgan juft ayirish organi. Koksal bezlarning chiqarish nayi, odatda, birinchi jinsiy oyoqlar — kokslar (cohason), yaʼni 3-yoki 5-yurish oyoqlari asosiga ochiladi. Koksal bezlar nefrostoma, egri-bugri naylar yoki labirint va chiqarish nayidan iborat. Baʼzi oʻrgimchaksimonlar (salpugalar)da nefrostom bilan labirint oraligʻida baland epiteliyli uzun uchi berk bezli qopcha mavjud. Yirik oʻrgimchaksimonlarning Koksal bezlari reduksiyaga uchragan, pichanoʻrarlarda esa saqlanib qolgan. Oʻrgimchaksimsonlarning asosiy ayirish organi — malpigi naychalari evolyusiya jarayonida keyinroq paydo boʻlgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz