Koksaki viruslari
Koksaki viruslari (lotincha: Coxsackievirus) RNK ning bir nechta serotiplariga ega oshqozon-ichak traktida yaxshi ko'payadigan enteroviruslardir. Koksaki viruslarning 29 ta serotipi mavjud. Enteroviruslarning uch tipga bo'lingan: Enterovirus A, B va C. Coxsackieviruslar aseptik meningitning asosiy sabablaridan biridir. Aniq yoki noaniq infektsiyadan so'ng turg'un turga xos immunitet rivojlanadi.
Patogenlik
Yuqish
Ko'pincha odamlar koksaki viruslarini virus bilan ifloslangan oziq-ovqat, uy-ro'zg'or buyumlari va suv orqali yuqtirib olishadi. Ammo infektsiya virus tashuvchidan sog'lom odamga havo tomchilari orqali ham yuqishi - shuning uchun uning tarqalishi nafaqat kambag'al, balki dunyoning ancha gullab-yashnagan mamlakatlarida ham sodir bo'ladi.
10 yoshgacha bo'lgan bolalar infetsiyaga ko'proq beriluvchan bo'ladi. Kattalarda bu kasallik kamdan-kam uchraydi.
Kasallik belgilari va davolash
Inkubatsiya davri bir necha kun davom etadi. Keyin bemorning harorati 39-40 ° C gacha ko'tariladi, takroriy qusish, diareya, qo'l oyoq, ko'krak va yuzda toshmalar paydo bo'lishi mumkin. Bemor bosh og'rig'ini, holsizlikni his qiladi. Hiqildoqning shilliq qavati ta'sirlanadi, bu esa ovqatlanishni qiyinlashtiradi. Kasallikning standart kursida uning belgilari bir-ikki hafta ichida yo'qoladi.
V tipidagi virus bilan kasallanishning alohida holatlaridan tashqari (jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin), maxsus davolash talab etilmaydi. Bemorga yordam berishda imkon qadar hozirgi holatini yengillashtirishga harakat qilinadi: haroratni pasaytirish, suvsizlanishni oldini olish, qichishish va shishishni Kalmosan yoki Calamine losonlari bilan bartaraf etish, maqbul gigienik sharoitlarni yaratish; antibiotiklar ishlatilmaydi.
Infektsiyaning tarqalishi
1997-yilda Malayziyada Coxsackie virusi epidemiyasi bo'lib, 30 bola halok bo'ldi. 2002-yil aprel oyida virus (B shtammi) tarqalishi sababli Gretsiyadagi barcha maktablar yopildi, yuqtirgan 46 kishining uchtasi vafot etdi. 2007-yilda Sharqiy Xitoyda Coxsackie virusi infektsiyasi avj oldi: 800 dan ortiq odam virusni yuqtirdi, 200 bola kasalxonaga yotqizildi 22 ta bola vafot etdi.
Tadqiqot tarixi
Koksaki viruslari 1948-1949-yillarda Gilbert Dalldorf tomonidan topilgan.(inglizcha: Gilbert Dalldorf, U Nyu-York shtatining Albany shahridagi sog'liqni saqlash departamenti tadqiqotchisi bo'lib ishlardi.
Dalldorf Greys hamkasblari bilan (inglizcha: Grace Sickles) poliomielitni davolash usulini izlagan. Poliomiyelit bilan kasallangan sichqon tanasida Dalldorf poliomielit bilan kasallangan bemorlarning axlatida poliomielitdan himoya qiluvchi yuqumli agentni sinab ko'rishga harakat qildi. Aniqlangan virusli infektsiyalar ko'pincha engil poliomielit belgilariga ega edi. Dalldorf najasdan birinchi shtammlarni ajratib olgan Nyu-York shtatidagi Koksaki kichik shaharchasidan keyin yangi viruslar oilasiga Koksaki nomi berildi. Dalldorf, shuningdek, Rebekka Gifford bilan Coxsackie viruslarini o'rgangan (inglizcha: Rebecca Gifford).
IPVE bakterial va virusli preparatlar ishlab chiqarish korxonasi Coxsackie A virusining 2, 4, 7, 9 va 10 serotiplari uchun diagnostik preparatlarni ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi.
Shuningdek
Manbalar
uz.wikipedia.org